Javohir Sidiqovga penaltini o‘rtaga tepishni kim maslahat bergandi? Futbolchi javob berdi

  • 12 noyabr, 2023, 19:33
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston kubogi finali doirasidagi "Nasaf" - OKMK uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda mezbon qarshiliklar kichik 1:0 hisobida g‘alaba qozondi va kubok g‘olibi bo‘ldi. 

Tecno

Yagona golni 71-daqiqada Javohir Sidiqov kiritdi. U penaltidan unumli foydalanib, jamoasiga sovrinni qo‘lga kiritishda ulkan hissa qo‘shdi. 

Bellashuvdan so‘ng Javohir Sidiqov chempionlik haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi: 

- Avvalambor, assalomu alaykum. Bugungi tashkiliy ishlar ajoyib o‘tdi. Ayniqsa, yakun biz uchun zo‘r bo‘ldi. O‘yinga keladigan bo‘lsak, murabbiylar uchrashuv oldidan bu qanchalik muhim bellashuv ekanligini ta’kidladi. Bu yilgi mavsum ikkinchi finalimizni muvaffaqiyatli yakunlab oldik. Albatta, tayyorgarlik a’lo darajada bo‘ldi. Butun "Nasaf" muxlislarini va Qashqadaryo ahlini g‘alaba bilan tabriklaymiz.

- Penalti - lotoreya. Kimdir uradi, kimdir esa ura olmaydi. Buyuk futbolchilar ham paytida adashgan. Murabbiylar kimgadir bu vazifani yuklatmaydi. Kimning ishonchi yuqori bo‘lsa, o‘sha zarba beradi.

- Bizda penaltini yaxshi tepadigan futbolchilar ko‘p. Zafarmurod Abdirahmatov hamda Aziz Amonov shular jumlasidandir. Ular menga ishonishdi.

- O‘yindan oldin murabbiy agar ikkilansak, o‘rtaga tepish kerakligini aytgandi. Uning aytganini qildim.

- Jamoaning kayfiyati har doim a’lo darajada bo‘lib kelgan. Bundan keyin ham shunday bo‘ladi. Ichki chempionatda ham imkoniyatimiz bor. Shunday ekan, maksimal ochko to‘plashga harakat qilamiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!