
Silvanus Nimelining yangi jamoasi ma’lum
O‘zbekiston chempionatida stabil o‘yin namoyish etuvchi sifatli legionerlarni topish ancha mushkul ish. Ammo ba’zi-ba’zida shunday ta’rifga mos tushuvchi futbolchilar ham topilib turadi.
Ana shunaqa kam sonli sifatli legionerlar toifasiga kiruvchi o‘yinchilardan biri Silvanus Nimelidir. Liberiya mamlakatidan bo‘lgan bu futbolchi 2023 yilning yozida O‘zbekiston Superligasiga ko‘chib o‘tgan edi. O‘tgan bir yil davomida “Surxon”dagi o‘yinlari orqali muxlis-u, mutuxassislar nazariga tushgan afrikalik futbolchi dastlabki olti oydayoq yaxshigina shov-shuvlarga sabab bo‘lgan edi. Bu mavsum avvalida barcha undan avvalgidanda kuchliroq o‘yin ko‘rsatishini kutgan edi.
Biroq, kutilmaganda Sergey Arslanov va Sergey Tokov tandemi iste’foga chiqarib yuborildi. Buni nafaqat muxlislar balki ikki mutaxassisning o‘zi ham kutmagan edi. Sababi, 2023 yil bu murabbiylar qo‘l ostida “Surxon” o‘z tarixidagi eng yaxshi masumni o‘tkazib, musobaqani 6-o‘rinda yakundagan edi.
Xullas, mana shu voqealar fonida Nimeli yangi murabbiy Fevzi Davletov bilan kelisha olmay qoldi. Murabbiy ham matbuot anjumanlarida ochiqchasiga uni ko‘ngildagidek o‘yin ko‘rsatmayotganligi sababli maydonga tushirmayotganini ta’kidlab keldi.
Oxir-oqibat mana shu vaziyat o‘z yakuniga etayotganga o‘xshaydi. Yozgi transferlar oynasi ochilishi bilanoq, futbolchi o‘ziga yangi klub izlashga tushdi. Manbalarning xabar berishicha, unga Osiyo va o‘zimizning Superliga jamoalaridan takliqlar bor edi. Ammo forvard u bilan suhbat qurgan insayder bilan gaplashganda ortiq O‘zbekiston chempionatida to‘p tepishni xoxlamasligini aytib o‘tgan.
Bu vaziyatdan esa, Rossiya klubi foydalanib ketadiganga o‘xshaydi. Ya’ni Maxachqal’aning “Dinamo” jamoasi Silvanus Nimeli transferi borasida “Surxon” bilan kelishuvga erishdi. Xozirda muzokaralar hal qiluvchi bosqichda ekanligi aytilmoqda.
Demak, O‘zbekiston chempionatida porlagan yana bir yulduz kelganidan atigi bir yil ham o‘tmasdan yana boshqa chempionatga ko‘chib o‘tmoqda.
Fikrlar