Simeone "Atletiko" rahbariyatidan Oblakni jamoada olib qolishni so‘ramoqda

  • 20 dekabr, 2017, 14:35
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning “Atletiko” klubi bosh murabbiyi Diego Simeone darvozabon Yan Oblakni kelgusi mavsumda ham jamoasida olib qolishni istamoqda.

Tecno

AS nashrining xabar berishicha argentinalik mutaxassis bu masala yuzasidan klub rahbariyatiga murojaat qilgan va ulardan Oblakni jamoada saqlab qolishni iltimos qilgan. Aytish kerakki, 24 yoshli sloveniyalik posbonga Frantsiyaning PSJ klubi jiddiy qiziqib qolgan. Uning “matraschilar” bilan amaldagi shartnomasi esa 2021 yilga qadar imzolangan.

Ta’kidlash lozimki, ushbu kelishuvga ko‘ra Oblakning tovon puli 100 mln evroni tashkil etadi. Biroq, bu raqamlar tez orada yana ko‘tarilishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Yan joriy mavsum La Liganing jami 16ta uchrashuvida ishtirok etgan va shularning 10tasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!