
Simeone: "Muhlislarni g‘azablantirgan ham jazolanishi kerak"
Kecha bo‘lib o‘tgan Madrid derbisi durrang (1:1) hisobda yakunlandi. O‘yinning 64-daqiqasida Militaoning golidan so‘ng Tibo Kurtua "Atletiko" muhlislariga qarab golni nishonladi, bu esa tabiiyki muhlislarga yoqmadi. Shundan so‘ng tomoshabinlar maydonga narsalarni uloqtirishdi va hakam o‘yinni to‘xtatishga majbur bo‘ldi.
Argentinalik murabbiy Simeone Kurtuaning gol nishonlashiga o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
"Siz golni nishonlashingiz mumkin, lekin muxlislarni masxara qilmasdan yoki imo-ishoralar qilmasdan buni qilishingiz kerak.
Ayrim muxlislarning xatti-harakati oqlanmaydi, ammo bunga sabab bo‘lgan narsa ham oqlanmaydi.
Bu yaxshi emas, lekin odamlar o‘z-o‘zidan g‘azablanmaydilar, ular nimadandir g‘azablanadilar va biz bunga hissa qo‘shamiz. Men ularning qilgan ishlarini oqlamayman, lekin... biz bundan ko‘proq narsa qila olamiz, lekin buni qilmaymiz",- deb o‘z fikrlarini bildirdi "matraschilar" ustozi.
Fikrlar