Simeonega kerak bo‘lmay qolgan futbolchi "Atletiko"dan ketadi

  • 14 aprel, 2020, 18:17
  • 0
  • Futbol

Madridning “Atletiko” klubi yarim himoyachisi Toma Lemar mavsumlar oralig‘ida jamoasini o‘zgartirishi mumkin.

Marca nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, frantsiyalik futbolchi “matraschilar” bosh murabbiyi Diego Simeonening yangi mavsum rejalariga kirmaydi va shu bois uni sotib yuborishmoqchi. Unga esa APL klublaridan qiziqishlar bor.

Toma Lemar joriy mavsum La Ligada 17 ta o‘yinda maydonga tushdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!