
Simona Xalep va uning yigiti xayriya qildi
Ruminiyalik tennischi Simona Xalep va uning bo‘lajak turmush o‘rtog‘i Toni Yuruts Ruminiya davlatiga koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish uchun 30 ming evro xayriya qildi.
"Ha barchasi to‘g‘ri, biz 30 ming evro xayriya qildik. Men yangiliklarni ko‘rmayman, lekin men Toni bilan uyda edik va xalqimiz qiynalayotganini ko‘rdik. Shu sababli ham xayriya qilishga qaror qildik. Gap pulning miqdorida emas, balki beg‘araz yordamda.
Men qilayotgan xayriyalarim haqida bong urishni yoqtirmayman. Hozirda shikovor va xalqimiz yordamga muhtoj", - deydi Simona Xalep.
Fikrlar