
Simona Xalep yakuniy turnirda o‘ynaydi
Ruminiyalik tennischi Simona Xalep WTA tomonidan o‘tkaziladigan yilning yakuniy turniridagi ishtirokini tasdiqladi.
Simona Shenchjen shahrida o‘tkaziladigan va dunyoning sakkiz nafar tennis malikalari qatnashadigan Yakuniy turnirda ishtirok etish huquqini WTA yangilangan jadvalidagi ochkolari sabab qo‘lga kiritdi.
Eslatib o‘tamiz "WTA Finals" turnirida qatnashish huquqini avstraliyalik Eshli Barti hamda chexiyalik Karolina Plishkova kabi tennischilar ham qo‘lga kiritgan.
Fikrlar