Sindarov shaxmat afsonasi Kasparov bilan uchrashdi
Jahon chempionligiga da'vogар Javohir Sindarov “Super chess classic Romania” turniri ochilish marosimida mashhur shaxmat ustasi Garri Kasparov bilan uchrashdi.
Bu uchrashuv shaxmat tarixidagi ikki turli avlod ramziga aylandi:
• Kasparov — 1980–2000 yillar shaxmatining mutlaq dominatori,
• Sindarov esa yangi avlodning eng yorqin yulduzlaridan biridir.
Garri Kasparov Javohir Sindarov tug‘ilishidan bir necha oy oldin professional shaxmatdan nafaqaga chiqqanini bilarmidingiz?
Ya'ni:
Kasparov karerasini yakunlaganida hali Javohir dunyoga kelmagan edi. Sindarov 2005 yilning 8 dekabr kuni tug‘ilgan. Bu paytga kelib, Kasparov faoliyatini yakunlab bo‘lgandi.
Bugun esa ular bir sahnada! Bu uchrashuv shaxmat tarixida avlodlar almashinuvining yorqin ramziga aylangani ta'kidlanmoqda.

Fikrlar