Sindarovga yutqazganim kabi mag‘lubiyatlar davom etsa, kareramni tugatish haqida o‘ylayman

  • 11 fevral, 12:38
  • Karim Xudayqulov
  • 1
  • Shaxmat
CHERY AUTO

Germaniyaning Vaysenxaus shahrida "Freestyle Chess-2025" turniri o‘zining qizg‘in pallasiga kirib bormoqda. 

Tecno

Kecha chorak final javob o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Nodirbek Abdusattorov Karlsenga imkoniyatni boy bergan bo‘lsa, Javohir Sindarov amerikalik Hikaru Nakamurani mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l oldi.Nakamuru Javohirga yutqazgach, o‘z fikrlarini bildirdi.

"Birinchi kun Javohir Sindarov bilan durang o‘ynadim. Bu shuni anglatadiki, o‘yin hisobi adoltali. Shundan so‘ng ikkinchi partiya bo‘lib o‘tdi. 

Yosh raqibimga hurmat ko‘rsatish kerak: U debyut bosqichidan boshlab juda yaxshi himoyalandi. Levon Aronyan yurishlariga amal qilish o‘rniga, u ferz a5 ni tanladi va original fikrlashini ko‘rsatdi.  Sindarov bosim ostida ham sinmadi.

Tay-brekning birinchi partiyasida men g‘alaba uchun ajoyib imkoniyatlarga ega edim, lekin muhim daqiqalarda to‘g‘ri yurishlarni topa olmadim. Natijada, yutqazdim. Ikkinchi partiyada men qora bilan o‘ynadim va albatta, g‘alaba qozonishim kerak edi. Vaqt tugashiga yaqin xato qila boshladim va hammasi tugadi.

Men E5 yurishini besh soniyadan so‘ng bajardim va durang taklif qildim. Sababi, juda hayajonda va bundan tashqari g‘azabda edim. Albatta, Sindarov uni qabul qildi. Sababi, bu uning o‘yindagi g‘alabasini anglatardi.
 
"Bu partiya shunchaki hayratlanarli. Men noqulay vaziyatga tushmasligim kerak edi va hatto yutqazmasligim ham. Biroq hamma narsani buzdim.  

Agar men Sindarovga qarshi yutqazganim kabi partiyalarni davom ettirsam va "Norway Chess" yoki Jahon Kubogi muvaffaqiyatsiz o‘tsa, men jiddiy ravishda klassik shaxmatdagi kareramni tugatish haqida o‘ylayman.

"Sindarov - juda istiqbolli yosh o‘yinchi bo‘lib, yaqinda reyting ballari 2700 dan oshdi. Uning kelajagi buyuk", - dedi Nakamura.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Давлат
11/02/2025 16:52
Офарин. КЕча ТВ уйинни курдим. Синдаров Хавфли вазиятдан оқилона чиқиб кетди ва ғалаба қозонди. Олға