"Siti" 100 millionlik futbolchini olmoqchi

  • 20 dekabr, 2021, 20:51
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Todofiches xabariga ko‘ra, “Manchester Siti” murabbiyi Xosep Gvardiola qishki transferlar oynasida markaziy hujumchi sotib olish niyatida.

Tecno

Manba yozishicha, inglizlar "Fiorentina" forvardi Dushan Vlaxovichni o‘z saflariga qo‘shib olishmoqchi. "Shaharliklar"dan tashqari 21 yoshli serbiyalik futbolchiga Evropaning top-klublari jiddiy qiziqishmoqda. "Fiorentina" rahbariyati Dushanni 100 million evrodan kamga sotmoqchi emas.

Joriy mavsumda Vlaxovich 18 ta o‘yinda, 16 ta gol urishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!