“Siti” Bernardu Silva o‘rniga o‘yinchi tanladi

  • 17.02.2026 06:36
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Siti” rahbariyati jamoa sardori Bernardu Silva bilan xayrlashishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Xosep Gvardiolaning eng yoqtirgan o‘yinchisi 30 iyun kuni erkin agentga aylanadi.

Klub mutasaddilari 2017 yildan beri jamoada o‘ynab kelayotgan 31 yoshli futbolchiga hali yangi bitim bergani yo‘q. Sport direktori Ugo Viana portugalilik yulduz o‘rniga “Nottingem Forest” yarim himoyachisi Morgan Gibbs-Uaytni sotib olish variantini ko‘rib chiqmoqda.

“Shaharliklar” 26 yoshli angliyalik futbolchini olish uchun 70 million yevro atrofida xarajat qilishiга to‘g‘ri keladi.

Bu haqida Football Insider nashri xabariga ko‘ra, Morgan Gibbs-Uaytga “Aston Villa” ham da’vogar ekani xabar qilingan edi.

Joriy mavsumda Gibbs-Uayt barcha musobaqalarda 35 ta o‘yin o‘tkazib, 7 ta gol va 4 ta golli uzatma amalga oshirgan. Avval u “Vulverxempton”, “Sheffild” va “Suonsi” kabi klublarda o‘ynagan.

Transfermarkt portali ekspertlari bir necha pozitsiyada o‘ynay oladigan mahoratli ijrochining bozor qiymatini  65 million yevroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!