“Siti” bir futbolchini 100 million funtga ololmayapti

  • 28 iyun, 2021, 11:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xosep Gvardiola o‘zi orzu qilayotgan futbolchi Jek Grilishning transferini amalga oshira olmayapti.

Chempionlar ligasida g‘olib chiqishni maqsad qilgan ispaniyalik murabbiy klub rahbarlarini Harri Keyn va Jek Grilish transferiga ko‘ndirgan. Avvalroq, “shaharliklar” “Aston Villa”ga etakchi futbolchisi uchun 100 million funt taklif qilgani haqida xabarlar tarqatilgan edi.

Biroq villaliklar o‘z sardorini qo‘yib yuborishga ko‘nmadi va unga yangi shartnoma tayyorlamoqda.

Grilish yaqinda 2025 yilga qadar uzaytirilgan yangi bitim bo‘yicha haftasiga 130 ming funt maosh olmoqda. “Siti” yarim himoyachiga bu summadan ancha baland mablag‘ va’da qilgan.

Grilishga “Manchester Yunayted” ham xaridor bo‘lmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!