“Siti” “Chelsi”dan Palmerni qaytarib berishni so‘radi. Javob qanday bo‘ldi?

  • 19 dekabr, 2024, 19:17
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” rahbariyati va bosh murabbiy Xosep Gvardiola 2023 yilning yozida Koul Palmerni “Chelsi”ga sotib yuborib, juda katta xatoga yo‘l qo‘yganini tushunib etdi.

Tecno

Angliyalik futbolchi “aristokratlar” safiga qo‘shilganidan keyin ketma-ket ikkinchi mavsum aqlbovar qilmas darajada yuqori samaradorlik namoyish qilib kelmoqda.

“Manchester Siti”da esa, o‘yinchilar tanqisligi yuzaga kelgani bois, “shaharliklar” oxirgi 11 ta uchrashuvdan sakkiztasida mag‘lubiyatga uchradi va Xosep Gvardiola hali hamon bu vaziyatdan chiqish yo‘lini topgani yo‘q.

Manchesterliklar Palmerni qaytarish istagini bildirdi. “Chelsi” bu o‘yinchi uchun 150 million evro atrofida badal puli talab qilyapti. Biroq Palmerning o‘zi bosh murabbiy Entso Mareska qo‘l ostida Evropaning grand klubiga aylanib borayotgan “Chelsi”ni tashlab ketmasligini ma’lum qildi.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Xosep Gvardiola klub tarbiyalanuvchisini ortga qaytara olmasligini tushunib etgan va manchesterliklar uning o‘rniga boshqa o‘yinchi qidiryapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!