"Siti" etakchisi mavsum yakunlangach, jamoadan ketishini ma’lum qildi

  • 12 aprel, 2022, 20:36
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" futbolchisi Fernandino mavsum yakunlanganidan so‘ng jamoadan ketishini e’lon qildi. U vatani Braziliyaga qaytishni istayotganini ma’lum qilgan. 

Tecno

"Men futbol o‘ynashni, muntazam maydonga tushishni istayman. Kelasi mavsum "Manchester Siti"da bo‘laman, deb o‘ylamayman. 

Men Braziliyaga qaytmoqchiman. Oilam bilan kelishgan holda, shunday qarorga keldim", - dedi braziliyalik yarim himoyachi.

Ma’lumot o‘rnida, Fernandino 2013 yil yozidan beri "shaharliklar" safida faoliyatini davom ettirib kelayotgandi.  Uning klub bilan amaldagi shartnomasi shu yil yozida yakuniga etadi.

Yarim himoyachi Manchester klubi bilan shu muddatga qadar 13 ta sovrinni qo‘lga kiritgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!