
"Siti" haddan ziyod kuchayib ketmoqda!
"Yuventus" himoyachisi Matteys De Ligt faoliyatini "Manchester Siti"da davom ettirishi mumkin.
"TuttoJuve" nashri bergan xabarga ko‘ra, "shaharliklar" niderlandiyalik fulbek uchun 90 million evrodan voz kechishga tayyor.
Avvalroq, uning "Bavariya"ga o‘tishi haqida xabarlar tarqalayotgandi. Myunxen klubi De Ligt uchun 75+5 million evro taklif qilgan, ammo "keksa sinora" mazkur taklifni rad etgandi.
Ayni vaqtda 22 yoshli himoyachi ketish haqida o‘ylamoqda. O‘z navbatida Turin klubi ham yaxshi taklif bo‘lsa uni qo‘yib yuborishga tayyor.
Fikrlar