“Siti” himoyasi kuchaytiriladi. Nishon – Ispaniya terma jamoasi futbolchisi

  • 09.06.2026 13:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Siti” transfer bozorida tarkibni kuchaytirish ishlarini olib bormoqda. AS nashri xabar berishicha, Angliya Premier-ligasi grandi yangi o‘ng qanot himoyachisini sotib olmoqchi. Bu pozitsiya jamoadagi eng muammoli nuqtalardan biri hisoblanadi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, “Manchester Siti” rejasini amalga oshirish uchun allaqachon “Tottenxem Xotspur” bilan ispaniyalik himoyachi Pedro Porro bo‘yicha aloqalarni boshlagan.

“Shaharliklar” Ispaniya milliy terma jamoasi safida jahon chempionatiga yo‘l olgan futbolchi bilan musobaqa boshlanishidan oldin kelishuvga erishishni istamoqda.

“Tottenxem Xotspur” hozircha Pedro Porro bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha kelishuvga erisha olmagan. Uning amaldagi mehnat shartnomasi 2030 yil o‘rtasigacha amal qiladi. “Shporlar” ispaniyalik futbolchi uchun 50 million funt sterling (qariyb 58 million yevro) narx belgilagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!