"Siti" va Gyundogan o‘rtasidagi yangi shartnoma qancha muddatga tuziladi?

  • 23 dekabr, 2022, 15:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" rahbariyati 2016 yildan beri jamoa sharafini himoya qilib kelayotgan yarim himoyachi Ilkay Gyundoganni o‘z safida saqlab qolmoqchi. Jurnalist Nikolo Skiraning xabar berishicha, tomonlar yangi shartnoma borasida muzokaralar olib borishmoqda.

Tecno

Manbaga ko‘ra, "shaharliklar" germaniyalik futbolchi bilan 2025 yilgacha shartnoma imzolaydi.

Aytish kerakki, ayni damda Gyundogan 32 yoshda, ammo shunga qaramay Ilkay hamon «Manchester Siti»ning asosiy o‘yinchilaridan biri hisoblanadi.

Gyundoganning amaldagi shartnomasi 2023 yilning yozida yakuniga etadi. Shu bois unga "Barselona"dan qiziqishlar bo‘lmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!