“Siti” yulduzi katta rekord o‘rnatdi

  • 12.04.2026 22:42
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Siti” sardori Bernardu Silva Angliya Premier-ligasining 32-turida “Chelsi” maydonida o‘tkazilgan uchrashuvda o‘ziga xos tarixiy ko‘rsatkich muallifiga aylandi.

31 yoshli Silva Premier-ligada ishtirok etgan portugaliyalik futbolchilar orasida eng ko‘p maydonga tushgan o‘yinchi sifatida qayd etildi.

Shu kuni Angliya chempionatidagi 297-uchrashuvini o‘tkazgan “Siti” sardori o‘z hamyurtlari Luis Boa Morte, Krishtianu Ronaldu hamda Brunu Fernandesdan o‘zib ketdi.

2017 yildan beri “shaharliklar” sharafini himoya qilayotgan Bernardu ustozi Xosep Gvardiola qo‘l ostida jami 19 ta sovrinni qo‘lga kiritgan.

Premier-ligada eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan portugaliyaliklar ro‘yxati quyidagicha ko‘rinish oldi:

  • Bernardu Silva — 297
  • Luis Boa Morte — 296
  • Krishtianu Ronaldu — 236
  • Brunu Fernandes — 223

Eslatib o‘tamiz, Bernardu Silva “Manchester Siti”dagi so‘nggi mavsumini o‘tkazmoqda. Tajribali pleymeykerning amaldagi shartnomasi 30 iyun kuni tugaydi va u klubni erkin agent maqomida tark etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!