“Siti” yulduzi: Men Messidan ko‘prog‘iga munosibman!
“Manchester Siti” pleymeykeri Kevin de Bryuyne klub rahbariyati unga sharoitlari pasaytirilgan shartnoma taqdim etganidan norozi ekanini bildirdi.
Kevin de Bryuynega Lionel Messining klubga kelish ehtimoli uning shartnomasiga salbiy ta’sir qilayotgani yoqmayapti.
“Shaharliklar” yangi shartnoma bo‘yicha belgiyalik futbolchiga bermoqchi bo‘layotgan maosh va bonuslarni qo‘shib hisoblaganda, hozirgi olayotgan pulidan ancha kam chiqmoqda.
- Ular Messiga katta maosh to‘lashga tayyor. Lekin men klub uchun anchadan beri xizmat qilyapman va ko‘prog‘iga aynan men munosibman, - deydi Kevin.
“Manchester Siti” etakchisining amaldagi shartnomasi 2023 yilning yozigacha davom etadi va uning transferi 120 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar