"Siti"ga qarshi bahsga 1 hafta qolganida "Real" katta yo‘qotishga uchradi

  • 19 aprel, 2022, 15:44
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" yarim himoyachisi Karlos Kazemiro kelayotgan o‘yinlarda jamoasiga yordam bera olmasligi mumkin.

Tecno

Ma’lum bo‘lishicha, braziliyalik futbolchi mushaklarida og‘riq sezmoqda. Shu sabab u La Liga doirasidagi "Osasuna"ga qarshi bellashuvda klubga yordam bera olmaydi.

Jurnalist Xose Luis Sanches Kazemironing EChL yarim finalidan o‘rin olgan "Manchester Siti"ga qarshi uchrashuvda ham qatnasha olmasligini aytmoqda. 30 yoshli xavbek joriy mavsum "qaymoqranglilar" safida 42 ta o‘yin o‘tkazib, 1 gol va 3 assist muallifiga aylandi.

"Manchester Siti" - "Real" o‘yini 26-dan 27 aprelga o‘tar kechasi 00:00 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!