"Siti"ning eng qimmat futbolchisi uzoq muddatga safdan chiqdi

  • 13 fevral, 2022, 01:16
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Jek Grilishning holati borasida fikr bildirdi. 

"Brentford" bilan o‘yindan keyin u mashg‘ulotlarda o‘zini biroz yomon his qildi. Biz tekshiruvdan o‘tdik. Menimcha, Grilish bir necha kunni jarohati sabab o‘tkazib yuboradi. Umid qilamanki, Jek seshanba kuniga qadar safga qaytadi", - dedi Gvardiola. 

"The Telegraph" jurnalisti Mayk Makgratning xabar berishicha, Grilishda ancha jiddiyroq muammo bor. U taxminan bir oyni o‘tkazib yuborishi mumkin. 

Ma’lumot o‘rnida, angliyalik futbolchi joriy mavsum APL doirasida 17 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urishga erishdi. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!