Skariolo (Italiya basketbol terma jamoasi murabbiyi): "Lamin Yamal — xuddi NBAdagi super yulduz"

  • 6 may, 14:43
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiya basketbol terma jamoasi bosh murabbiyi Serdjo Skariolo "Barselona" futbolchisi Lamin Yamalni NBA yulduziga qiyosladi.

Tecno

Yamal Chempionlar Ligasi yarim finalida "Inter" darvozasiga gol urdi (3:3).

– Lamin haqida so‘rash qiziq. Yaqinda uning o‘yinini kuzatib, o‘zimni futbol emas, basketbol muxlisiday his qildim. Har bir to‘p unga uzatilganday tuyuldi, xuddi hammasi urib turgan "qizib ketgan" basketbolchiga to‘p berishga o‘xshab. Bu haqda nima deysiz?

– Lamin xuddi NBAdagi to‘siq orqali raqibni almashtirib, hujum qilishni engillashtiradigan super yulduzga o‘xshaydi. Shu orqali u imkoniyatlar yaratadi.

O‘sha payt o‘ylab qoldim: 17 yoshida jamoaviy sport turlarida shuncha ta’sir ko‘rsatgan o‘yinchini ilgari ko‘rganmanmi? Va hech kimni eslay olmadim. U hayratlanarli.

E’tibor bering — u piyoda ko‘rgazmalar qilmaydi. Unda faqat iste’dod va mahorat emas, balki yuqori samaradorlik bilan diqqatni tortadigan jiddiylik ham bor.

Lamining o‘yinini jonli ko‘rish — televizor orqali ko‘rishdan butunlay boshqacha taassurot, – deya ta’rif berib o‘tdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!