
Skoulz MYuga germaniyalik futbolchini olib kelishni taklif qilmoqda
"Manchester Yunayted" afsonasi, hozirda futbol eksperti sifatida faoliyat yuritayotgan Pol Skoulz "qizil iblislar" Mesut O‘zilni sotib olishi kerakligini taklif qilmoqda.
"Hozirgi MYu bir-birini umuman tanimaydigan notanish guruhday tasavvur uyg‘otmoqda. Chiziqlarni bog‘laydigan futbolchilar va aqlli paslar umuman yo‘q.
"Manchester Yunayted" bu muammolarni hal qilishi mumkin bo‘lgan futbolchi xarid qilishi kerak, masalan Mesut O‘zil. U juda aqlli paslar berishi va chiziqlarni o‘zaro bog‘lovchi vazifasini bajarib berishi mumkin. Bu ular uchun eng qisqa vaqtda muammolarni hal qilish yo‘li," - deydi Skoulz.
Eslatib o‘tamiz, Mesut O‘zil "Arsenal" qaydnomasiga so‘nggi besh o‘yindan buyon kiritilmayapti.
Fikrlar