
Slot Saloh "Oltin to‘p" yutishi uchun nima qilishi kerakligini aytdi
"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot klub etakchisi va to‘purari Muhammad Salohning "Oltin to‘p"ga da’vogarligi haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
"Hammasi mahoratga bog‘liq, shunday emasmi? Muhimi shundaki, Salohning ismi sovringa da’vogarlar qatorida tilga olinmoqda, bu uning ajoyib o‘yin namoyish etayotganini va biz ham yaxshi harakat qilayotganimizni anglatadi. Ammo nomzodlar qatorida qolish uchun u oxirgi etti-sakkiz oyda ko‘rsatgan darajasini saqlab qolishi kerak.
Umuman olganda, "Oltin to‘p"ni yutish uchun futbolchi biror narsa yutishi kerak, shuning uchun bu biz va u uchun katta sinov bo‘ladi. Menga yoqadigan narsa shundaki, u bu chaqiruvni qabul qiladi. "Manchester Siti"ga qarshi muhim gol urishi va ajoyib golli uzatma berishidan tashqari, u jamoaning g‘alabasiga intilmoqda.
Ayniqsa, ikkinchi bo‘limda u himoyada ham ajoyib o‘yin ko‘rsatdi. O‘ylaymanki, bizga kerak bo‘lgan narsa ham shu – agar biz jamoa sifatida sovrin yuta olsak, uning "Oltin to‘p" olish imkoniyati sezilarli darajada ortadi", – dedi "Liverpul" bosh murabbiyi.
Misrlik yulduz joriy mavsum APLda 25 ta gol va 16 ta golli uzatma amalga o‘shirdi.
Fikrlar