Sobiq "Arsenal" darvozaboni Remzdeylning zaxirada qolib ketayotgani haqida gapirdi
Devid Simen "Arsenal" zaxirasida qolib ketayotgan Eron Ramzdeyl haqida fikr bildirdi:
"Ramzdeyl noto‘g‘ri ish qilmagan. O‘tgan yili u futbolchilar tomonidan yilning eng yaxshi darvozaboni deb topilgandi. Bu har kim umid qilishi mumkin bo‘lgan eng katta mukofotlardan biridir."
U joriy mavsumni ham juda yaxshi boshladi va Shotlandiyaga qarshi o‘ynadi. Yakunda zaxira o‘rindig‘ida qoldi. Eron endigina 24 yoshda. U o‘zini ko‘rsatishi uchun hali ko‘p yo‘l bosib o‘tishi kerak, ammo hozir u uchun og‘ir davr", - dedi "Arsenal" sobiq darvozaboni.

Fikrlar