
Sobiq futbolchi: Ularning hech biri Ronaldino darajasiga chiqa olmaydi
Rossiya terma jamoasi sobiq futbolchisi Aleksandr Mostovoy Ronaldinoni futbol tarixidagi eng buyuk uch futbochisidan biri deb hisoblashini aytdi.
"Ronaldino maydonda odamlarning xotirasida qoladigan darajada o‘yin ko‘rsatar edi. U nozik texnikiga ega futbolchi, maydonning haqiqiy ijrochisi bo‘lgan. Faoliyatini yakunlaganidan so‘ng ham u bilan bir necha bor uchrashib turdik. U doimo quvnoq, yuzidagi sehrli tabassum bilan tarixga kirishi bejiz emas. Shubhasiz, u butun futbol tarixidagi eng zo‘r o‘yinchilar safiga kiradi.
Men uchun birinchi o‘rinda Messi turadi, undan keyin brazilyalik Ronaldo va uchinchi o‘rinda Ronaldino. Masalan, kecha "Oltin to‘p" mukofoti topshirildi, o‘sha davrlarda hozirgi o‘yinchilarning birortasi bu sovringa yaqinlasha olmasdi. Ayni damda to‘p tepayotgan futbolchilarning hech biri Ronaldino darajasiga chiqa olmaydi", - dedi rossiyalik yarim himoyachi.
Fikrlar