Sobiq jahon chempioni professional faoliyatini yakunladi
Boks bo‘yicha o‘rta vazn toifasining sobiq jahon chempioni Endi Li professional faoliyatini yakunlaganini ma’lum qildi.
WBO kamari sobiq sohibi avvalroq boshqa bir sobiq chempion amerikalik Deniel Jeykobs bilan 14 aprel kuni jang o‘tkazish borasida muzokaralar olib borayotgan edi, biroq tomonlar kelishuvning moliyaviy shartlari bo‘yicha bir to‘xtamga kelisha olmagan.
Endi Li profi-ringda 12 yil muqaddam debyut jangini o‘tkazgan. Ikki yil o‘tib Brayan Verni mag‘lub qilib, chempionlik kamariga da’vogarlik qila boshlaydi. 2012 yili WBC kamari uchun kechgan jangda meksikalik kichik Xulio Sesar Chaves 7-raundda nokautga uchraydi.
U 2014 yil oxirida jahon chempioniga aylanadi. O‘rta vaznda WBO tituli uchun bo‘lgan to‘qnashuvning 6- raunddida Matvey Korobovni nokautga uchratadi. Keyin Piter Killin bilan durang qayd etadi. Ammo Billi Jo Sonders bilan bo‘lgan jangda u WBO kamaridan mahrum bo‘ladi.
Endi Li professional ringda 39 ta jang o‘tkazib, shulardan 35 tasida g‘alaba, 3 mag‘lubiyat va 1 durang qayd etgan.



Fikrlar