Sobiq jahon chempioniga Klichko bilan jang qilish taklif qilindi
Og‘ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Shennon Briggsning so‘zlariga ko‘ra, unga super og‘ir vazn toifasining mutloq sobiq jahon chempioni ukrainalik Vladimir Klichkoga qarshi jang qilish taklif qilingan.
– Kechasi soat uchlarda qo‘ng‘iroq jiringladi. Keyin Klichko bilan urushmaysanmi, deb so‘rashdi. Men bunga tayyorman dedim. Ko‘ramiz voqealar rivoji qanday bo‘larkin. Agar bu jang tashkil qilinsa, juda xursand bo‘lardim. Haqiqatan ham menga bu jangni taklif qilishdi. Agar chempion qaytsa, haqiqiy “er qimirlashi”, momoqaldiroq va chaqmoq bo‘ladi, — deydi Briggs IFL TV’ga.
Avvalroq Kiev meri Vitaliy Klichko ukasi Vladimir 2017 yilda britaniyalik Entoni Joshuga noto‘g‘ri yo‘l ko‘rsatilishi sabab yutqazib qo‘yganligini ta’kidlab o‘tgan edi.
Fikrlar