Sobiq oltin to‘p sovrindori Yamalning ustun tomonlari haqida gapirdi

  • 31.05.2025 16:53
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol

Rud Gullit "Oltin to‘p"ga nomzodlar orasida Lamin Yamalni ham tilga oldi.

- Odatda "Oltin to‘p" Chempionlar Ligasi finalida o‘ynagan futbolchiga beriladi, biroq bu safar boshqacha bo‘lishi mumkin. Sababi Lamin Yamal ko‘rsatgan o‘yin aql bovar qilmas darajada ajoyib edi.

Gap g‘alabalarda yoki maydondagi harakatlarda emas, balki o‘zingni qanday namoyon qilishingda. Lamin finalda maydonga chiqadiganlar orasida bu jihatdan biroz ustunroq, - dedi "Milan" va Niderlandiya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi.

Ma’lumot uchun, "Barselona" vingeri o‘tgan mavsumda barcha musobaqalarda 55 ta o‘yinda ishtirok etib, 18 ta gol urdi va 25 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!