
Sobiq UFS jangchisiga Rossiya promousheni 250 ming dollar taklif qilmoqchi
Sobiq UFC jangchisi kubalik Yol Romero Rossiyadagi “Fight Night” promoushenida faoliyatini davom ettirishi mumkin. Bu haqda tashkilot rahbari Komil Gajiev aytib o‘tdi.
“Shubhasiz, biz u bilan muzokara olib bormoqdamiz, lekin unga birgina biz aloqaga chiqdik, deb ayta olmayman. O‘ylaymanki, ko‘plab ligalar u bilan muzokara olib bormoqda. Bizda ustunlik bormi? Ehtimol, bordir. Barchasi pulga bog‘liq bo‘ladi. Menimcha, 250 ming dollar Romero uchun haqli gonorar bo‘lardi”, - dedi Gajiev.
Avvalroq, Yol Romero UFCni tark etgani va shartnomani bekor qilgani ma’lum qilingandi. 43 yoshli jangchining ketma-ket uchta mag‘lubiyati Dana Uaytning shunday qarorga kelishiga sabab bo‘ldi. Uning professional rekordi - 13 g‘alaba va 5 mag‘lubiyatdan iborat.
Fikrlar