"So‘gdiyona" 6 nafar futbolchisi bilan xayrlashdi
Suҳrob Izzatov, Feysal Mulich, Nikola Mirkovich, Aleksandar Bolevich, Umidbek Sultonov va Tohirbek Toʻxtasinov "Soʻgʻdiyona" klubi bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qildi. Bu haqida OʻzPFL matbuoti xabar berdi.
11-turdan soʻng "boʻrilar" 9 ochko bilan turnir jadvalidа 15-oʻrinni egallab turibdi.
Jizzaxliklar yozgi yigʻinni Tojikistonning Dushanbe shahrida oʻtkazdi. Yigʻin davomida jamoa 3 bora nazorat uchrashuvlarida maydonga tushdi.
Soʻgʻdiyona – "Dushanbe" - 4:1
Gollar: Abdulaziz Abdurashidov (dubl), Jamshid Boltaboev, Sardor Erkinov;
"Soʻgʻdiyona" – Dushanbe SSKA — 1:1
Gol: Oybek Nurmatov.
"Soʻgʻdiyona" – Regar-Tadaz — 2:0
Gollar: Behruz Asqarov va Zoir Joʻraboev.

Fikrlar