“So‘g‘diyona” darvozaboni “Navbahor”ga o‘tishga yaqin

  • 07.01.2017 18:35
  • Isayev Bekzod
  • 0
  • Futbol

 

Bugun “Navbahor” jamoa a’zolari Respublika sport tibbiyoti ilmiy amaliy markazida tibbiy ko‘rikdan o‘tishdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.   

Tibbiy ko‘rikdan o‘tilganligi sababli futbolchilar kunning ikkinchi yarmida tashkil etilgan mashg‘ulotda qatnashishdi.

O‘z navbatida tarkibga darvozabon Nodir Ashurmatov va G‘ayrat Jo‘raevni qo‘shilganligini aytib o‘tish joiz. Ashurmatov o‘tgan mavsumda “Andijon” jamoasi darvozasini qo‘riqlagandi. Jo‘raev esa muxlislarga yaxshi tanish. Yarim himoyachi ma’lum tanaffusdan keyin yana tarkibga qo‘shildi. Shuningdek, yana bir yarim himoyachi Bilol Sharofiddinovni ham jamoa mashg‘ulotlarida qatnashayotganligini qo‘shimcha qilish mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!