“So‘g‘diyona” ertaga Toshkentga yo‘l oladi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Avval ma’lum qilganimizdek, "So‘g‘diyona" ikkinchi davraga tayyorgarlikning birinchi qismini Zomin tog‘ yonbag‘irlarida o‘tkazdi. Tayyorgarlikning ikkinchi bosqichi Jizzaxda tashkil etildi. Kuni kecha o‘rtoqlik uchrashuvi maqomida o‘tgan "viloyat derbisi"da jamoa  6:1 hisobida g‘alaba qozondi va “Zomin”ga xech qanday imkoniyat qoldirmadi.
 
Ikkinchi davraga tayyorgarlik davom etadi va ertaga Diyor Fayziev boshchiligida jamoa Toshkentga yo‘l oladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Toshkentda "So‘g‘diyona" bir nechta o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishni rejalashtirgan. 23 iyul kuni jamoa “Neftchi” ga qarshi bahs olib borsa, 26 iyulda “Sho‘rtan”ga qarshi maydonga tushadi. Ertaga “Neftchi” bilan kechadigan bahs soat 18:00da “Bunyodkor” akademiyasi maydonida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!