"So‘g‘diyona" g‘alabasiz seriyasiga nuqta qo‘ydi

  • 30.03.2024 21:44
  • Suhrob Xolbekov
  • 1
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Superliganing 4-turida "So‘g‘diyona" "Paxtakor" maydoniga safar qilib, 2:3 hisobida zafar quchdi. Ushbu o‘yinda mavsumdagi ilk xet-trik ham amalga oshirildi. 

Shu tariqa, "bo‘rilar" g‘alabasiz seriyasiga nuqta qo‘ydi. Bundan oldin so‘nggi bor jamoa o‘tgan mavsum 4 noyabr kuni "Buxoro"ni taslim qilgandi. O‘shanda yagona golni Lyupche Doirov urgan. Mehmonda esa oxirgi marta 30 iyulda "Bunyodkor" mag‘lub qilingandi. 

Ma’lumot uchun, 4-turdan keyin Ivan Boshkovich shogirdlari turnir jadvalida 8-o‘ringa chiqib oldi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Журабой
30/03/2024 21:58
Сугдиена маладец. Факат галаба тилайман. Энди узиннга ухшаябсан.