
"So‘g‘diyona" ham yig‘inga kirishyapti, tarkibda o‘zgarishlar bo‘ladi
“So‘g‘diyona”ning qishki tayyorgarlik rejasiga binoan, jamoa a’zolari bugun Toshkentda to‘planadi va mashg‘ulotlar poytaxtda olib boriladi. Tarkibda esa albatta o‘zgarishlar bo‘ladi.
Bungacha klubni serbiyalik darvozabon Milan Mitrovich hamda himoyachi Shavkat Mullajonov tark etgani haqida xabar bergandik. Shuningdek, yarim himoyachi Sanjar Rashidov keyingi faoliyatini legioner sifatida xorijda davom ettirishi ham ehtimoldan holi emas.
Bundan tashqari, klub to‘purari Shohruz Norxonovga “Lokomotiv”dan taklif bo‘lganligi haqida ham xabar bergandik. Tez orada uning masalasiga ham oydinlik kiritiladi.
Shu bilan birga tarkibga bir qator yangi o‘yinchilar qo‘shiladi, bu borada ular bilan qizg‘in muzokaralar olib borilyapti. Masalan, “Surxon”da to‘p surgan Shavkat Salomovga qiziqish mavjud. Shu bois u ham jizzaxliklar safiga qo‘shilishi mumkin.
Fikrlar