"So‘g‘diyona" muxlislari Olmaliqqa borishadi
Coca-Cola Superliganing 9-turida "So‘g‘diyona" safarda AGMKga qarshi bahs olib boradi.
Klub matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra jizzaxlik muxlislar sevimli jamoasini stadiondan turib qo‘llab-quvvatlashni rejalashtirishgan. Olmaliqda bo‘ladigan o‘yinga borish istagida bo‘lgan muxlislar "So‘g‘diyona" fan-klubi raisi Baxodir Xatamovga murojaat qilishlari mumkin. Tel: +998915990792
Eslatib o‘tamiz, "So‘g‘diyona" ayni damda 9 ochko bilan musobaqa jadvalida 10-o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar