"So‘g‘diyona" nazorat o‘yinida "Lokomotiv"ni taslim etdi
Kecha "Lokomotiv" TTYMI stadionida "So‘g‘diyona"ga qarshi sinov-nazorat o‘yini bo‘lib o‘tdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi. Mazkur bahsda jizzaxliklarning qo‘li baland keldi - 2:3.
Toshkentliklar tarkibidan gollarni Jasur Jaloliddinov hamda Diyor Turopov kiritdi. Jizzaxliklardan esa Bahodir Nasimov, Abdujalil Manazarov, Shaxboz Jo‘rabekov darvozani ishg‘ol qildi.
"Lokomotiv" - "So‘g‘diyona" 2:3
Gollar: Jasur Jaloliddinov, Diyor Turopov - Bahodir Nasimov, Abdujalil Manazarov, Shaxboz Jo‘rabekov

Fikrlar