
“So‘g‘diyona” Toshkentdagi yig‘inni yakunladi
Yangi mavsumga tayyorgarlikni Toshkentda olib borayotgan Jizzaxning "So‘g‘diyona" klubi bugun poytaxtdagi yig‘inni yakunlab, Jizzaxga qaytib ketdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
Mazkur yig‘in davomida Aleksandr Mochinov boshchiligidagi murabbiylar shtabi bir qator futbolchilarni ko‘rikdan o‘tkazdi. Futbolchilarni ko‘rikdan o‘tkazish maqsadida murabbiylar shtabi bir nechta o‘rtoqlik uchrashuvlarini o‘tkazishdi. “So‘g‘diyona” Toshkentdagi yig‘in davomida “Paxtakor”, “Bunyodkor”, “Metallurg”, “Buxoro”, “Navbahor”, “Surxon” va Tojikistonning “Istiqlol” klubi bilan nazorat uchrashuvlarini o‘tkazdi.
Xabarda aytilishicha, Aleksandr Mochinov bugun jamoaga qisqa muddatli ta’til e’lon qildi va 24 fevral kuni jamoa “So‘g‘diyona” qarorgohida yig‘ilib, Super liganing ilk turdagi raqibi “Paxtakor” ga qarshi bahsga tayyorgarlikni davom ettiradi.
Fikrlar