"So‘g‘diyona" ustozi: Omad kulib boqmayapti

  • 10 mart, 2023, 21:03
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Coca-Cola Superliga 2-turidan o‘rin olgan “So‘g‘diyona” – “Olimpik” (2:2) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar ustozi Yorqin Nazarov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Olimpik” jamoasiga qarshi tayyorgarlik ko‘rgan edik. Lekin nimagadir omad kulib boqmayapti. Ko‘plab vaziyatlar yaratyapmiz. 12 nafar yangi futbolchi tarkibga jalb qilingan va balki shu sabab bo‘layotgandir.

Tecno

Iskandar Shayqulov kechagi mashg‘ulotda jarohat oldi va shu sababli bugun uning o‘rniga Bobur Yo‘ldoshevni maydonga tushirdik. Alisher Salimov esa qanotda harakat qildi. Ya’ni taktik o‘zgarishni amalga oshirdik”, – dedi mutaxassis.


Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!