
Son, Messi va de Ligt Chempionlar ligasida hafta futbolchisi bo‘lishga nomzod
Xabaringiz bor joriy hafta Chempionlar ligasi 1/4 final javob bahslari bo‘lib o‘tdi. UEFA rasmiy sayti esa musobaqaning joriy haftadagi eng yaxshi futbolchisiga nomzodlarni e’lon qildi.
Unga ko‘ra ro‘yxtdan “Yuventus” darvozasini ishg‘ol etib “Ayaks”ni yarim finalga olib chiqqan Matteys de Ligt, “Manchester Yunayted”ga (3:0) qarshi o‘yinda dubl qayd etgan “Barselona” forvardi Lionel Messi, “Manchester Siti” darvozasini 2 bor aniq nishonga olib jamoasining yarim finalga chiqishini ta’minlagan “Tottenxem” hujumchisi Son Xin Min hamda “Portu”ga (4:1) qarshi o‘yinda o‘z nomiga gol yozdirib qo‘yishga erishgan “Liverpul” hujumchisi Roberto Firmino joy olgan.
Eslatib o‘tamiz, g‘olib nomi UEFA rasmiy sayti o‘tkaziladigan so‘rovnoma yakunlariga ko‘ra aniqlanadi va 19 aprel kuni e’lon qilinadi.
Fikrlar