
Son 4-bor Janubiy Koreyada yil futbolchisi bo‘ldi
Janubiy Koreya futbol Assotsiatsiyasi "Tottenxem" yarim himoyachisi Son Xyon Minni 2019 yili mamlakatining eng yaxshi futbolchisi deb topdi.
27 yoshli futbolchi uchun bu 4-si bo‘ldi. Bungacha 2013, 2014 va 2017 yillari tengsiz degan nomga loyiq ko‘rilgandi.
Eslatib o‘tamiz, Son bu yili qit’adan tashqarida o‘ynayotgan osiyolik futbolchilar orasida ham eng yaxshi deb topilgandi.
APLning joriy mavsumida, Son 15 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar