Son APLda 22 yillik antirekordni takrorladi

  • 23 dekabr, 2019, 12:51
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Tottenxem" klubi forvardi Son Xin Min kecha "Chelsi"ga (0:2) qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yinda raqib himoyachisi Antonio Ryudigerga nisbatan ishlatgan qo‘polligi uchun qizil kartochka oldi va maydondan chetlatildi.

Tecno

E’tiborlisi, bu 27 yoshli koreyalik futbolchi uchun joriy 2019 yildagi 3-qizil kartochka bo‘ldi.

1997 yildan buyon premer-liganing hech bir futbolchisi bir kalendar yilida bu qadar ko‘p qizil kartochka olmagan edi.

Ta’kidlash kerakki, Son shu tariqa 22 yil oldin "Koventri Siti" futbolchisi Dion Dublin tomonidan o‘rnatilgan antirekordni takrorladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!