Son: “Emerson, Neymar meni taniydimi?”

CHERY AUTO

"Tottenxem" himoyachisi Emerson Janubiy Koreya - Braziliya uchrashuvidan keyin kulgili voqeani aytib berdi.

Tecno

“Son Xyon Min har doimo Neymar meni taniydimi degan savollar bilan qiynalardi. Men javob berdim: “Do‘stim, u seni juda yaxshi taniydi. Sen uning o‘yinidan qanchalik zavq olsang, u ham sening o‘yiningdan shunchalik hayratda qoladi”. Koreyaga qarshi bahsdan oldin Neymarga xabar yubordim: “O‘yindan keyin Son bilan futbolka almashtiring. Chunki u sizning ashaddiy muxlisingiz”, — deydi Emerson.

Eslatib o‘tamiz, Janubiy Koreya — Braziliya uchrashuvi 5:1 hisobida Amerika qit’asi vakillarining yirik g‘alabasi bilan yakunlandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!