
Son Keynning karerasidagi birinchi sovrini bilan tabrikladi
"Tottenxem" hujumchisi Son Xyon Min uning do‘sti va sobiq jamoadoshi Xarri Keynning Germaniya chempioni bo‘lib, karerasidagi birinchi sovrinini qo‘lga kiritgani haqida xursandligini bildirgan.
— Biz hali ham yaxshi do‘stlarmiz va hamkasblarmiz. Men unga qo‘ng‘iroq qilib, xabar yo‘lladim, u ham menga javob berdi. U juda xursand bo‘lgani va uning tabassumini ko‘rishdan xursandman. Uning ko‘targan sovrini haqiqatdan ham uning haqqi. Bu uning uchun ajoyib daqiqalar.
Men umid qilamanki, uning kelajakda yana ko‘p sovrinlari bo‘ladi. Menimcha, Xarri uchun biror narsa kam. Uning qobiliyatlari, o‘yinining sifatlari... u hammadan ko‘proqka loyiq. Bu faqat men uning do‘sti bo‘lganim uchun emas, balki uning qanchalik mehnatkash va qurbonlikka tayyorligini ko‘rganim uchun. U kishi nimani bajarayotganini ko‘ring, haqiqatdan ham u bu bilan munosib. Men uni yana bir bor tabriklashni istayman, shaxsan va do‘stim sifatida. Men juda, juda xursandman, — dedi Son TNTga bergen intervyusida.
Fikrlar