Son Xin Min faoliyatini yakunlagandan so‘ng uylanmoqchi

  • 9 mart, 2019, 10:26
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning “Tottenxem” klubi hamda Janubiy Koreya terma jamoasi forvardi Son Xin Min otasining maslahatiga quloq solgan holda faoliyatini yakunlagach oila qurmoqchi.

“Otam bu haqda gapirgan va men uning fikriga qo‘shilaman. Agar turmush qursangiz, u holda oila va farzandlaringiz futboldan muhimroq bo‘lib qoladi. Hozirda eng yuqori formamda to‘p surayotgan ekanman, men uchun futbol birinchi bo‘lib qolaveradi.

Hech qaysi futbolchi qancha muddat yuqori darajada o‘yin ko‘rsata olishini bilmaydi. Ammo, futbolchilik faoliyatingizni 33-34 yoshda yakunlasangiz, ana undan so‘ng oilangiz bilan uzoq vaqt baxtli hayot kechirishingiz mumkin”, - deydi koreyalik futbolchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!