Sonders: Golovkin bilan uning uyida jang qilishga ham tayyorman

  • 20 mart, 2017, 23:00
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Professional boksning WBO yo‘nalishi bo‘yicha o‘rta vazn chempioni britaniyalik Billi Jo Sonders ushbu og‘irlikda WBA (Super), WBC hamda IBF chempioni Gennadiy Golovkin bilan istalgan paytda va istalgan joyda jang qilishga roziligini bildirdi.

Tecno
 

Avvalroq, qozog‘istonlik bokschi yagona orzusi Sondersdagi chempionlik kamarini tortib olib, barcha sovrinlarga ega chiqish ekanini aytgandi.

- Men Golovkin bilan jang qilish uchun dunyoning istalgan burchagiga borishga tayyorman, - dedi Billi Jo Sonders. - Xatto u bilan Qozog‘istonda jang qilishda ham hech qanday muammo bo‘lmaydi. Golovkin kuchli bokschi. Lekin men uning nozik tomonlarini bilaman. Men ayni paytda kuchga to‘lganman. U mening kamarimni olmoqchi. Bu sovrinni o‘rtaga qo‘yaman.

Billi Jo Sonders professional ringda 24 ta uchrashuvning barchasida zafar quchgan va 12 ta jangda raqiblarini muddatidan oldin taslim qilgan.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!