
Sovg‘alar soni ortib bormoqda! Bugun "Omadli taqvim"ning oltinchi soni bo‘lib o‘tadi
Bugun mazkur o‘yinimizning 6-soni Siz azizlarga taqdim etiladi. "Omadli taqvim" sovrinli o‘yini odatdagidek kunning ikkinchi qismida, aniqorg‘i 17:00 da efirga chiqadi. Jonli efirni saytimizning YouTube, Facebook va Instagram sahifalari orqali kuzatib borish imkoniga egasiz. Bundan tashqari, saytimizda onlayn matnli translyatsiya ham yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan.
O‘yinimizda ishtirok etish juda oson, shunchaki 1 dan 36 gacha bo‘lgan raqamlardan 6 tasini tanlab olib, R harfi bilan tanlangan raqamlarni “Beeline” va “Ucell” abonentlari 5454 qisqa raqamiga, “Uzmobile” abonentlari 1424 qisqa raqamiga, “UMS” kompaniyasi foydalanuvchilari esa 77777 qisqa raqamiga sms tarzida jo‘natgan holda o‘yinimizda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.
G‘olib esa onlayn tasodifiy raqamlar generatori (keyingi o‘rinlarda Rendomizer) yordamida aniqlanadi. Generator tanlagan 6 raqamning barchasini to‘g‘ri topgan ishtirokchi bir yo‘la iPhone X, noutbuk, televizor, gaz plitasi, muzlatkich va kir yuvish mashinasini qo‘lga kiritadi.
Rendomizer tanlagan 6 raqamning beshtasini topgan ishtirokchiga Redmi rusumidagi smartfon topshiriladi. Agarda, bunday ishtirokchilar soni bittadan ko‘p bo‘lsa, mazkur smartfonning tannarhi ishtirokchilar o‘rtasida teng taqsimlanadi.
Shunday ekan, o‘yinimizda ishtirok etishga shoshiling! Batafsil ma’lumot bilan ushbu sahifa orqali tanishish imkoniga egasiz.
Fikrlar