Soyib polvon sovrin ko‘zlamoqda

CHERY AUTO

 

Tecno
 

Antalya shahrida yakunlanayotgan Gran-pri turnirining so‘nggi kunida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Soyib Qurbonov bronza medal uchun kurashni davom ettirmoqda.

Vazni 100 kilogramm bo‘lgan polvonlar bahsida qatnashayotgan hamyurtimiz dastlabki uchrashuvda Evropa turnirlari g‘olibi avstriyalik Aaron Farani mag‘lub etdi. Tajribali dzyudochimiz keyingi bahsda Birlashgan Arab Amirliklari sharafini himoya qilayotgan jahon chempionati sovrindori va jahon kubogi g‘olibi Ivan Remarenkoga yutqazib qo‘ydi.

BShunday bo‘lsa-da, bronza medal uchun kurashni davom ettirayotgan polvonimiz isroillik Peter Paltchikni dog‘da qoldirdi.

Endi Soyib Qurbonov hal qiluvchi bellashuvda rossiyalik Ilyos Niyozovning qarshiligini sindirishi lozim.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!