
"Spartak" Kokorin va O‘runovni RPLda ro‘yxatdan o‘tkazdi
“Spartak” yozgi transferlar davrida sotib olgan yangi futbolchilari – Aleksandr Kokorin va Oston O‘runovni Rossiya premer-ligasining yangi mavsum qaydnomasiga kiritdi.
RPL rasmiy saytining xabar berishicha, Kokorin 9-raqamda, O‘runov esa 20-raqamda o‘ynaydi.
“Spartak” Kokorinni “Zenit”dan, Ostonni esa “Ufa”dan sotib oldi. Moskvaliklar yangi mavsumdagi ilk uchrashuvini 9 avgust kuni "Sochi"ga qarshi o‘tkazishadi.
Fikrlar