
"Spartak": Oston O‘runov O‘zbekiston milliy terma jamoasining 2 ta o‘rtoqlik o‘yiniga chaqirildi
Moskvaning "Spartak" klubi yarim himoyachisi Oston O‘runov O‘zbekiston milliy terma jamoasining noyabr oyida tashkil etiladigan o‘rtoqlik o‘yinlariga chaqirildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
- "Spartak" yarim himoyachisi Oston O‘runov O‘zbekiston milliy terma jamoasiga taklif etildi. Jamoa ikkita o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi.
12 noyabr kuni o‘zbekistonliklar Suriyaga qarshi bahs olib borishsa, 17 noyabrda Iroq bilan o‘ynaydi. Ikkala uchrashuv ham Birlashgan Arab Amirliklarida tashkil etiladi, - deyiladi klub rasmiy saytida.
Fikrlar